«Benfika» Prestianni Vinisiusni haqorat qilganini tan olgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi
«Benfika» klubi o‘z rasmiy sayti orqali yarimhimoyachi Janluka Prestiannining jamoadoshlariga Madridning «Real» vingeri Vinisius Juniorga nisbatan irqchi xarakterdagi haqoratlar ishlatganini tan olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Braziliyalik futbolchiga nisbatan yuz bergan ushbu taxminiy irqchilik holati jamoalar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvida (0:1) sodir bo‘lgani aytilmoqda.
«Benfika» futbol klubi futbolchi Prestianni jamoaga yoki klub rahbariyatiga Madridning «Real» klubi o‘yinchisi Vinisius Juniorga nisbatan irqchi xarakterdagi haqoratga yo‘l qo‘ygani haqida ma’lum qilgani to‘g‘risidagi xabarlarni qat’iyan rad etadi.
Avval xabar berilganidek, futbolchi «Real» bilan o‘yin paytida sodir bo‘lgan hodisa uchun jamoadoshlaridan uzr so‘radi hamda ushbu holatning ko‘lami va oqibatlaridan afsusda ekanini bildirdi. Shuningdek, o‘yinchi eng boshidan ta’kidlab kelayotganidek, hech qachon irqchi bo‘lmaganini barchaga yana bir bor ma’lum qildi», — deyiladi Lissabon klubi bayonotida.