locale OZ

“Benfika” “Portu”ni jazolashni talab qildi

Lissabon klubi Portugaliya futbol federatsiyasi Intizom kengashiga rasmiy murojaat yuborgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Benfika” “Portu”ni jazolashni talab qildi
Foto: Getty Images

“Benfika” Portugaliya chempionatidagi “Portu”ga qarshi klassikodan so‘ng raqib klubga nisbatan jiddiy sanksiyalar qo‘llashni talab qildi. Lissabon klubi Portugaliya futbol federatsiyasi Intizom kengashiga rasmiy murojaat yuborgan. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Benfika” “Portu” zaxira o‘rindig‘i vakillarining xatti-harakatlaridan shikoyat qilgan. Xususan, mezbonlar xodimlaridan biri “Benfika” delegatsiyasi va zaxira o‘rindig‘i tomon haqoratli imo-ishoralar qilgani aytilmoqda. Shuningdek, klub Gabri Veiganing “Benfika” texnik hududi tomon suv idishini uloqtirgani uchun ham jazolanishini talab qilmoqda.

Lissabonliklar stadiondagi musiqa va ko‘ngilochar dasturlar orqali “Benfika” muxlislariga ataylab provokatsiya qilinganini ham da’vo qilgan. Klub ushbu holatlar jiddiy qoidabuzarlik sifatida baholanib, hatto “Estádio do Dragão” stadionida o‘yin o‘tkazishni vaqtincha taqiqlashgacha bo‘lgan sanksiya qo‘llanishini so‘ramoqda. Bundan tashqari, “Benfika” zaxira o‘rindig‘idan olingan va keyinchalik Porto Canal orqali namoyish etilgan tasvirlarning qonuniyligini ham tekshirishni talab qilgan.

Ma’lumot uchun, 20-sentabr kuni Portugaliya chempionatining 7-turida “Portu” o‘z maydonida “Benfika”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. “Benfika” uchrashuvning 35-daqiqasidan boshlab Kleman Lengle chetlatilgach, o‘n kishi bo‘lib o‘ynadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting