locale OZ

\"Benfika\" Otamendi bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Benfika" Otamendi bilan shartnomani uzaytirdi
Photo: Getty Images

"Benfika" o‘zining rasmiy sayti orqali himoyachi Nikolas Otamendi bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.

Argentinalik 37 yoshli futbolchi yana bir mavsumga, ya’ni 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.

Otamendi "Manchester City"dagi besh yillik faoliyatidan so‘ng, 2020 yil sentabr oyining oxirida "Benfika"ga o‘tdi.

Shundan beri Nikolas 231 ta o‘yin o‘tkazib, jamoasi safida 15 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Hozirda futbolchi Lissabon klubi bilan AQSH maydonlarida davom etayotgan KO‘JCHda ishtirok etmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting