locale OZ

«Benfika» muxlislarning xatti-harakatlari sabab UEFA tomonidan jazolanishi mumkin

Portugaliyaliklar Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida «Real»ga magʻlub boʻlib, turnirni tark etishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Benfika» muxlislarning xatti-harakatlari sabab UEFA tomonidan jazolanishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Benfika» klubi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi Madridning «Real» jamoasiga qarshi javob uchrashuvi (1:2) oldidan yuz bergan tartibsizliklar sababli Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) tomonidan jazolanishi mumkin. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Stadionga kirish qismida portugaliyalik muxlislar va politsiya xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar kelib chiqqan. Tartibni saqlash organlari xodimlariga qarata turli buyumlar uloqtirish va ularni turtish holatlaridan tashqari, muxlislardan biri tomonidan irqchi harakatlar sodir etilgani ham qayd etilgan.

Muxlislarning bunday nojo‘ya xatti-harakatlari avvalgi safar o‘yinlarida ham kuzatilganini inobatga olsa, UEFAning jozosi ancha qattiq bo‘lishi kutilmoqda. «Benfika»ga yirik miqdorda jarima solinishi yoki jamoaning yevrokuboklardagi safar o‘yinlari uchun chiptalar sotilishiga taqiq qo‘yilishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting