locale OZ

«Benfika» muxlislari «Real»ga qarshi oʻyinda maydonga turli xil buyumlarni uloqtirishdi (foto)

Uchrashuvda «Real» yagona gol evaziga gʻalaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Benfika» muxlislari «Real»ga qarshi oʻyinda maydonga turli xil buyumlarni uloqtirishdi (foto)
FOTO: Getty Images

Yevropa Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi dastlabki uchrashuvi yakunida (0:1) Lissabondagi «Eshadiu da Lush» stadioni muxlislari tomonidan tartibsizliklar yuzaga keldi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqada, madridliklar burchak zarbasini amalga oshirayotgan bir paytda, tribunadan maydonga turli buyumlar uloqtirila boshladi. Yarimhimoyachi Orelen Tchuameni maysazorga tushgan veypni (elektron sigaret) olib, uchrashuv bosh hakami Fransua Leteksyega topshirdi.

Vaziyat bu bilan cheklanmadi: bir necha daqiqa o‘tib, Vinisius Junior navbatdagi burchak zarbasini ijro etishga tayyorlanayotganida, muxlislar plastik idishlarni otishni boshladilar. Ulardan biri braziliyalik hujumchining qo‘liga borib tegdi.

Garchi bahs to‘xtatmasdan oxiriga yetkazilgan bo‘lsa-da, ushbu voqelik UEFA intizom qo‘mitasi tomonidan alohida ko‘rib chiqilishi va «Benfika»ga nisbatan jiddiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin. Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting