locale OZ

«Benfika» Mourinyuni «Real»ga berib qo‘ymoqchi emas — manba

Lissabon klubi portugaliyalik mutaxassisga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Benfika» Mourinyuni «Real»ga berib qo‘ymoqchi emas — manba
FOTO: Getty Images

Lissabonning «Benfika» klubi rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourinyuni jamoada saqlab qolish uchun harakatlarni boshlab yubordi. Madridning «Real» klubi tomonidan mutaxassisga qiziqish bildirilayotgani fonida, «burgutlar» prezidenti Ruy Koshta Mourinyu bilan uchrashib, kelasi mavsum rejalarini muhokama qildi. Bu haqda O Jogo nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Benfika» rahbariyati portugaliyalik murabbiy bilan amaldagi shartnomani 2028 yoki 2029 yilga qadar uzaytirmoqchi. Ayni damdagi kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lsa-da, unda xavfli bir band mavjud.

Mourinyuning hozirgi shartnomasiga ko‘ra, mavsum yakunlanganidan keyin 10 kun ichida u 3 million yevro tovon puli evaziga klubni tark etish huquqiga ega.

Ushbu holat Madridning «Real» klubini tezroq qaror qabul qilishga undamoqda. Agar «qirollik klubi» Mourinyuni qaytarishni istasa, ushbu 10 kunlik muddatdan unumli foydalanib qolishi lozim. Aks holda, murabbiy «Benfika» bilan shartnomani uzaytirishi va uning narxi bir necha barobarga ortishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting