«Benfika» Mourinyuni iste'foga chiqarmoqchi emas
Portugaliyaning "Benfika" klubi bosh murabbiy Joze Mourinyuni 17 maygacha ozod etishni rejalashtirmayapti. Biroq ushbu sanadan so‘ng klub Mourinyuning "Real"ga o‘tishiga rozilik berishi mumkin, deb xabar beradi mashhur jurnalist Yagiz Sabuncuog‘lu.
Klubning moliyaviy shartlari ham belgilangani aytilmoqda: agar Mourinyu "Real"ga ko‘chsa, Lissabon klubi 6 million yevro kompensatsiya oladi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Joze Mourinyu hali ham "Real" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Tomonlar mutaxassisning Madridga qaytish imkoniyatini muhokama qilishmoqda.
Asosiy sana — 17 may. Shundan so‘ng muzokaralar tezlashishi va portugaliyalik murabbiyning kelajagi aniqlanishi mumkin. Bu kuni "Benfika" mavsumning so‘nggi uchrashuvini "Eshtoril"ga qarshi mehmonda o‘tkazadi. Lissabonliklar hali ham "Sporting" bilan birga Chempionlar ligasiga yo‘l olmoqchi.