«Benfika» Mourinyuga yangi shartnoma taklif qildi
Portugaliyaning "Benfika" klubi bosh murabbiyi Jozé Mourinyo jamoa bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif olganini tasdiqladi. Bu haqda Madrid Universal xabar berdi.
"Ha, chorshanba kuni "Benfika"dan shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif oldim. Uni agentimga yuborishdi, ammo men hozircha uni ko'rib chiqish va muhokama qilishni xohlamadim. Buni faqat yakshanba kunidan keyin amalga oshiraman", — dedi Mourinyo.
Shuningdek, mutaxassis "Real Madrid" bilan bog'liq mish-mishlarga ham izoh berdi:
"Real" borasida menga klubdan hech kim — na prezident, na boshqa biror shaxs — rasmiy taklif bildirgani yo'q. Hattoki shunday bo'lgan taqdirda ham, javobim o'zgarmas edi", — deya qo'shimcha qildi u.
Chempionat tugashiga bir tur qolganida "Benfika" uchinchi o'rinda bormoqda va Sportingdan 2 ochkoga ortda qolmoqda. Mavsumning so'nggi uchrashuvi 16 may kuni Eshtorilga qarshi bo'lib o'tadi.