\"Benfika\" hujumchisini 100 million yevrodan kamiga sotmaydi
Photo: Getty Images
“Benfika” hujumchisi Vangelis Pavlidis yozda jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda A Bola xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli gretsiyalik futbolchi xizmatiga “Atletiko”, “Chelsi” va “Nyukasl” jamoalari qiziqish bildirmoqda. Ammo “Benfika” Pavlidis bilan osonlikcha xayrlashmoqchi emas.
“Burgutlar” futbolchini 100 million yevrodan kamiga sotishni istamaydi. Joriy mavsumda u “Benfika” safida 29 uchrashuvda 15 ta gol urg‘an.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist