locale OZ

«Benfika» hujumchisi shahvoniy kontent tarqatgani uchun jazolandi

Holat 2023 yilning noyabr oyida sodir boʻlgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Benfika» hujumchisi shahvoniy kontent tarqatgani uchun jazolandi
FOTO: Getty Images

Portugaliyaning «Benfika» klubi hujumchisi Andreas Shyelderup Daniyada 14 kun shartli qamoq va bir yil shartli jazoga hukm qilindi. Futbolchiga bu jazo voyaga yetmaganlar ishtirokidagi shahvoniy kontentli videoni do‘stiga yuborganligi sababli tayinlandi. Bu haqda VG nashri xabar bermoqda.

O‘zini aybdor deb tan olgan Shyelderup 2023 yilning noyabr oyida 27 soniyalik videoni joylaganini aytgan. Sud qaroriga ko‘ra, videoni unga yuborishgan, u uni qidirib topmagan va keyinchalik qonuniy emasligini tushungan holda o‘chirgan.

Noyabr boshida Shyelderup ijtimoiy tarmoqlarda uzr so‘ragan. Norvegiya futbol federatsiyasi sanksiyani yetarli deb topdi. Futbolchi Estoniya bilan o‘yinda 20 daqiqa maydonda bo‘lgan (4:0), ammo Italiya bilan bahsda (4:1) zaxirada qolgan. Joriy mavsumda Shelderup «Benfika» safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting