locale OZ

«Benfika» hujumchisi pornografik kontentlarni tarqatishda ayblanmoqda

Unga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Benfika» hujumchisi pornografik kontentlarni tarqatishda ayblanmoqda
FOTO: Getty Images

Lissabonning «Benfika» hujumchisi Andreas Shyelderup Daniya hukumati tomonidan voyaga yetmaganlar ishtirokidagi pornografik kontentlarni tarqatishda ayblanmoqda. Bu haqda A Bola nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, hodisa ikki yil avval sodir boʻlgan, Shyelderup oʻshanda Daniyaning «Norshelland» klubida toʻp surgan. 21 yoshli hujumchi ayblovlarni tan olib, intim mazmundagi videoni doʻstiga yuborganini maʼlum qilgan. Unga qarshi jinoiy ish ochilgan boʻlib, koʻpi bilan 6 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Shyelderup joriy mavsum Portugaliya chempionatida 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Chempionlar ligasining 6 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting