locale OZ

«Benfika» himoyachisi Vinisius bilan libos almashishdan bosh tortdi

Futbolchi bu holat jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Benfika» himoyachisi Vinisius bilan libos almashishdan bosh tortdi
FOTO: Getty Images

«Benfika» himoyachisi Sidni Lopesh Kabral Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Real» bilan javob uchrashuvidan so‘ng, Madrid klubi vingeri Vinisius Junior bilan libos almashishdan bosh tortdi. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Himoyachi azaldan Vinisiusning o‘yiniga qoyil qolishi ma’lum edi. Braziliyalik futbolchi kiyim almashtirish xonasiga olib boruvchi yo‘lakda libos almashishni taklif qilgan. Biroq, Kabral bu masalani o‘z klubi rahbariyati bilan muhokama qilishni lozim topgan va kiyim almashtirish xonasiga kirgach, bunday harakat jamoa ichida muammolar keltirib chiqarishi hamda jamoaviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini tushunib yetgan.

Himoyachi ushbu niyati o‘ylamay qilingan harakat bo‘lganini va bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tan oldi.

Avvalroq, klub muxlislari himoyachini braziliyalik vinger bilan libos almashish istagi uchun keskin tanqid qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Vinisius tomonidan irqchilikda ayblangan «Benfika» hujumchisi Janluka Prestianni esa muxlislarning ushbu tanqidiga ijobiy munosabat bildirib, ijtimoiy tarmoqdagi postga «layk» bosgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting