locale OZ

\"Benfika\" Felixni ijaraga olmoqchi

"Chelsi" esa uni sotishni xohlamoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Benfika" Felixni ijaraga olmoqchi
Photo: Getty Images

“Chelsi” klubi “Benfika” bilan hujumchi Joau Felixning transferi bo‘yicha muzokaralarni olib bormoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida muzokaralar bosqichma-bosqich davom etmoqda. Biroq “burgutlar” 25 yoshli futbolchini ijaraga olmoqchi. “Chelsi” esa Felixni sotishni rejalashtirgan.

Futbolchining o‘zi ham Portugaliyaga qaytishga tayyor. Joauning “Chelsi" bilan bitimi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

U 2015-2019 yillarda “Benfika” tizimida bo‘lgan. 2024 yilda “Chelsi”ga kelib qo‘shilgan. 2025 yilning qish oyida “Milan”ga ijaraga berilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting