locale OZ

“Benfika” “Chelsi” himoyachisi Tosin Adarabioyoga qiziqish bildirmoqda

Transfermarkt portali himoyachining bozor qiymatini 16 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Benfika” “Chelsi” himoyachisi Tosin Adarabioyoga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

“Chelsi” markaziy himoyachisi Tosin Adarabioyo faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin. Correio da Manhã ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchiga “Benfika” klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, Adarabioyoni jamoaga olib kelishni “Benfika” bosh murabbiyi Marku Silva shaxsan istamoqda. Portugaliyalik mutaxassis himoyachining imkoniyatlarini yaxshi biladi, chunki ular avvalroq Londonning “Fulhem” klubida birga ishlagan.

Adarabioyo o‘tgan mavsum “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali himoyachining bozor qiymatini 16 million yevroga baholamoqda. Hozircha “Benfika” tomonidan “Chelsi”ga rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q, biroq Adarabioyo Portugaliya klubining transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting