«Benfika» Benzemani o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Futbolchining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi.
ФОТО: Getty images
“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Benfika”ning yangi bosh murabbiyi Jozе Mourinyo fransiyalik 37 yoshli futbolchi bilan birga ishlashni xohlamoqda. Klub qishda uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Biroq Benzema maoshini kamaytirishga rozi bo‘lishi kerak. Shuningdek, lissabonliklar uning transferi uchun 5-7 million yevro sarflashi kutilmoqda.
Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarni hisobga olganda 2 o‘yinda 3 ta gol urdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist