locale OZ

Ben Uayt uchun mavsum yakunlandi

U «West Hem»ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ben Uayt uchun mavsum yakunlandi
ФОТО: Getty images

Londonning «Arsenal» jamoasi himoyachisi Ben Uayt Angliya Premer-ligasining 36-turidan o‘rin olgan «West Hem» (1:0) bilan o‘yinda tizza jarohati oldi va mavsum oxirigacha maydonga qaytolmaydi.

«West Hem»ga qarshi yakshanba o‘yinidan so‘ng o‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruvlar va mutaxassislar bilan maslahatlar Ben Uaytning tizza medial bog‘lamlarida jiddiy jarohat borligini tasdiqladi va shu sababli u mavsum oxirigacha maydonga qaytmaydi.
Hozirda tibbiy jamoamiz Benning tiklanishi va reabilitatsiyasi bilan shug‘ullanmoqda, barcha e’tibor Benning mavsumdan oldingi tayyorgarlik davriga tayyor bo‘lishiga qaratilgan», – deb xabar bermoqda «Arsenal»ning rasmiy sayti.

36 turdan so‘ng «Arsenal» 79 ochko bilan APL jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. «Manchester Siti» (74 ochko) bir o‘yini qolgan holda besh ochkoga ortda qolmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting