locale OZ

Belsa JCH–2026dan keyin Urugvay terma jamoasini tark etadi

70 yoshli murabbiy Urugvay terma jamoasini 2023 yildan beri boshqarib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bielsa JCH–2026dan keyin Urugvay terma jamoasini tark etadi
ФОТО: Getty images

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Bielsa 2026 yilgi jahon chempionatidan so‘ng milliy jamoani tark etishini ma’lum qildi.

«Bizning ishimiz jahon chempionati bilan yakunlanadi. Menga ushbu musobaqadan bahra olish imkoniyatini bergani uchun Urugvayga minnatdorman», — dedi mutaxassis. Uning so‘zlarini jurnalist Germán García Grova ijtimoiy tarmoqda keltirgan.

70 yoshli murabbiy Urugvay terma jamoasini 2023 yildan beri boshqarib kelmoqda. JCH–2026da urugvayliklar N guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Ispaniya, Kabo-Verde va Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting