Bellinghem: “Messi bilan bo‘lgan vaziyatni keragidan ortiq bo‘rttirib yuborishdi”
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellinghem Argentina bilan JCh-2026 yarim finalidan keyin Lionel Messi bilan yuz bergan tortishuv haqida yana bir bor fikr bildirdi.
Bellinghemning ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bahs aslida oddiy futbol epizodi bo‘lib, u keragidan ortiq shov-shuvga aylantirilgan.
“Buni pashshadan fil yasashdi. Men uchun Messi kabi futbolchiga qarshi maydonga tushishning o‘zi katta sharaf. U futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri.”
Angliyalik futbolchi avvalroq ham ular o‘rtasidagi suhbat faqat hakam qarorlari va qoida buzilishi bilan bog‘liq bo‘lganini, hech qanday haqorat yoki shaxsiy kelishmovchilik yuz bermaganini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina yarim finalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, JCh-2026 finaliga yo‘l oldi. Endi Lionel Skaloni shogirdlari 19-iyul kuni Ispaniyaga qarshi bosh sovrin uchun maydonga tushadi.