locale OZ

Bellingemsiz, ammo besh yangi futbolchi bilan: “Real”ning “Espanyol”ga qarshi taxminiy tarkibi ma’lum

Taxminlarga ko‘ra, “Real” 4-2-3-1 sxemasida o‘ynaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bellingemsiz, ammo besh yangi futbolchi bilan: “Real”ning “Espanyol”ga qarshi taxminiy tarkibi ma’lum
Foto: Getty Images

“Real Madrid” bugun La Ligadagi yangi mavsumini “Espanyol”ga qarshi safar uchrashuvi bilan boshlaydi. Mazkur bahs Joze Mourinyu uchun Madrid klubiga qaytganidan keyingi ilk rasmiy o‘yin bo‘ladi. Ispaniya matbuoti portugaliyalik mutaxassis maydonga tushirishi mumkin bo‘lgan asosiy tarkibni e’lon qildi.

Taxminlarga ko‘ra, “Real” 4-2-3-1 sxemasida o‘ynaydi. Darvozani Tibo Kurtua qo‘riqlaydi. Himoyada Mark Kukurelya, Din Xeysen, Ibrahima Konate va Denzel Dyumfris, yarim himoyada esa Bernardo Silva hamda Federiko Valverde harakat qilishi kutilmoqda.

Hujumkor chiziqda Vinisius Junior, Arda Gyuler va Yan Diomande joy olishi, markaziy hujumchi vazifasini esa Kilian Mbappe bajarishi mumkin. Shu tariqa, yozda jamoaga qo‘shilgan futbolchilardan Kukurelya, Konate, Dyumfris, Bernardo Silva va Diomande ilk turdayoq asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jud Bellingem uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshlashi taxmin qilinmoqda. Endrik va Orelyen Tchuameni esa ushbu bahs uchun qaydnomaga kiritilmagan. “Espanyol” — “Real Madrid” uchrashuvi 22-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting