locale OZ

Bellingemning goli «Real» uchun tarixiy natijani qayd etdi

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni “Bavariya” egallab turibdi.
Bellingemning goli «Real» uchun tarixiy natijani qayd etdi
ФОТО: Getty images

Angliya yarim himoyachisi Jud Bellingem 2026 yilgi Jahon chempionati uchinchi o‘rin uchun bahsda Fransiya darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 6:4 hisobidagi g‘alabasiga nuqta qo‘ydi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, ushbu gol “Real” futbolchilari uchun Jahon chempionatlari tarixidagi 100-gol bo‘ldi. Shu tariqa, madridliklar mazkur marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan klubga aylandi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni “Bavariya” egallab turibdi — Myunxen klubi futbolchilari mundiallarda 87 ta gol urgan.

Eng yaxshi beshlik quyidagicha ko‘rinish olgan:

“Real” — 100 ta gol;

“Bavariya” — 87 ta gol;

“Barselona” — 78 ta gol;

“Inter” — 76 ta gol;

“Yuventus” — 62 ta gol.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniya va Argentina milliy jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting