Bellingem: «Vinisius jamoaga xalaqit bermayapti»
«Real» yarimhimoyachisi braziliyalik jamoadoshi haqida fikr bildirdi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoadoshi Vinisius Junior haqida fikr bildirdi.
«Men Vinisiusni har kuni ko‘raman — u hanuzgacha juda ijobiy kayfiyatda. U jamoaga ham, biz qurayotgan tizimga ham hech qanday zarar yetkazmayapti. Vini bilan munosabatlarim juda yaxshi va agar u jamoa sifatida bizga xalaqit berayotganini his qilsam, albatta, unga aytgan bo‘lardim. Ammo men bunday deb o‘ylamayman… Bosh murabbiy masalasiga kelsak, barchamiz unga 100 foiz ishonamiz», — deya Bellingemning so‘zlarini keltiradi ESPN.
Avvalroq Vinisius «Real»ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist