Bellingem 'Real Sosyedad'ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Futbolchi jarohatidan tiklanishga ulgurgan.
ФОТО: Getty images
“Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem yaqinlashib kelayotgan “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda jurnalist Mario Kortezh xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ingliz futbolchisi elkasi operatsiyasidan so‘ng tiklanish jarayonini yakunlagan bo‘lsa-da, Xabi Alonso uni xavf ostiga qo‘ymoqchi emas.
Shuningdek, hujumchi Endrik va chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi ham jamoaga yordam bera olmaydi.
Ma’lumot uchun, “Real Sosyedad” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuv 13-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da start oladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist