Bellingem «Real» bilan shartnomasini uzaytiradi – manba
«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingemning Madrid klubi bilan shartnomasini uzaytirish masalasi tobora yaqinlashmoqda.
The Touchline nashri xabar berishicha, angliyalik 23 yoshli futbolchi yaqin haftalar ichida «qirollik klubi» bilan yangi mehnat shartnomasiga imzo chekadi.
Qayd etilishicha, «Real» rahbariyati Bellingemni jamoaning kelajak loyihasidagi muhim futbolchilardan biri sifatida ko‘rmoqda. Shu sababli klub uning shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni faol olib borgan va tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishish uchun ishlagan.
Avvalroq matbuotda Judning yangi shartnomasi 2032-yil o‘rtalariga qadar amal qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning amaldagi bitimi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Futbolchi 2023-yilda «Borussiya D» klubidan «Real»ga ko‘chib o‘tgan. U madridliklar safida hozirga qadar 148 ta uchrashuvda maydonga tushib, 49 ta gol urgan va sheriklariga 36 ta golli uzatma bergan.