Bellingem: «Muhimi — jamoaga barcha jabhalarda yordam berish»
Jude uchrashuvda dastlabki golga mualliflik qildi.
ФОТО: Getty images
«Real» yarim himoyachisi Jude Bellingem La Liganing 1-turida «Espanyol» ustidan qo‘lga kiritilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ingliz futbolchisi uchrashuvning 9-daqiqasida bosh bilan zarba berib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan edi.
«Men avvalgi ikki yilda qilgan ishlarimni davom ettiryapman, faqat endi gollar ham uryapman. Gol urganimda odamlar “ajoyib o‘ynayapti” deyishadi. Ammo men uchun eng muhimi — jamoaga barcha jabhalarda yordam berish, keskin uzatmalarni amalga oshirish, raqiblarni aldash, himoyada ishtirok etish. Gol — har doim o‘ziga xos voqea, ammo asosiysi — jamoaga umumiy tarzda foyda keltirish», — dedi Bellingem.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist