locale OZ

Bellingem: «Men har kuni professionallikni saqlab qolaman, qolgan barcha gaplar esa — safsata»

«Real» yarimhimoyachisi futboldan tashqari hayoti haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bellingem: «Men har kuni professionallikni saqlab qolaman, qolgan barcha gaplar esa — safsata»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Jud Bellingem UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvi oldidan o‘zining maydon tashqarisidagi go‘yoki nosportcha xulq-atvori haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Bu haqda avval ham aytgan bo‘lsam kerak: shaxsiy hayotni professional faoliyat bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Go‘yoki men ko‘p spirtli ichimlik iste’mol qilganim va ko‘ngilochar maskanlarga tez-tez borib turganim haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar tarqaldi. Bularning hech biri haqiqat emas. Men har kuni professionallikni saqlab qolaman, qolgan barcha gaplar esa — safsata», — dedi Bellingem.

Ma’lumot uchun, Bellingem joriy mavsumda klub miqyosida o‘tkazilgan 32 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 4 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting