locale OZ

Bellingem klublar o‘rtasidagi JCHdan so‘ng yelkasiga operatsiya qiladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bellingem klublar o‘rtasidagi JCHdan so‘ng yelkasiga operatsiya qiladi
Photo: Getty Images

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng yelkasiga operatsiya qilinadi.

“Hammasi joyida. Yelkamdagi og‘riq u qadar kuchli emas. Bu muammoni hal qilishga tayyorman. Operatsiya finaldan bir necha kun o‘tgandan keyin bo‘ladi”, – dedi Bellingem.

Futbolchi 2023 yil noyabr oyida “Rayo Valekano” klubiga qarshi o‘yinda yelkasining orqa tomonidan jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, Bellingem klublar o‘rtasidagi JCH guruh bosqichida “Pachuka”ga qarshi o‘yinda (3:1) uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting