locale OZ

Bellingem Germaniya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bellingem Germaniya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Photo: Getty Images

"Sanderlend" yarim himoyachisi Job Bellingem faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bild xabar berdi.

Qayd etilishicha, "Borussiya D" futbolchiga jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. Dortmund klubi futbolchini klublar o‘rtasidagi JCHga qadar sotib olmoqchi. Transfer taxminan 25-30 million yevroga baholanmoqda.

Shuningdek, Jobga "Ayntraxt" va "RB Leyptsig"dan ham qiziqish bor. 19 yoshli futbolchi joriy mavsumda 42 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 4 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting