Bellingem faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images
Frankfurtning “Ayntraxt” klubi “Sanderlend” markaziy yarim himoyachisi Job Bellingemga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Bundesliga klubi 2025/2026-yilgi mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi oldidan “Real” yarim himoyachisi Jud Bellingemning ukasi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Shuningdek, Jobga “Borussiya Dortmund” va “RB Leypsig” ham qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, Bellingem joriy mavsum “Sanderlend” safida jami 42 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 22 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist