Bellingem «Borussiya D»ni tark etmoqchi
Uning "Borussiya D" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
"Borussiya D" yarim himoyachisi Job Bellingem jamoani tark etmoqchi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 20 yoshli futbolchi jamoada yetarlicha o'yin amaliyotiga ega emasligidan norozi.
Job yozda "asalarilar" safiga kelib qo'shilgandi. Shu kungacha birorta uchrashuvni to'liq o'tkazmagan.
Ma'lumot uchun, futbolchi joriy mavsum boshidan beri barcha turnirlarda 9 ta o'yinda maydonga tushgan.
Uning "Borussiya D" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist