locale OZ

Bellingem: “Biz bor-yo'g'i uchta gol o'tkazib yubordik”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bellingem: “Biz bor-yo'g'i uchta gol o'tkazib yubordik”
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem YChL 1/4 finalida “Arsenal”dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi - 3:0.

“Biz bor-yo'g'i uchta gol o'tkazib yubordik. Bu omad. Biz bu o'yinda g'alaba qozona olmasdik. Bu haqiqat.

“Arsenal” juda yaxshi o'ynadi. To'g'ri, ularning ikkita goli jarima zarbasidan urildi, ammo ular bundan ham ko'proq gol urishi mumkin edi.

Hali oldinda javob o'yini bor va biz unda g'alaba qozonamiz degan umiddaman”, - deydi Bellingem.

Eslatib o'tamiz, “Real” va “Arsenal” o'rtasidagi javob o'yini 16-aprel kuni Madrid shahrida joylashgan “Bernabeu” stadionida start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting