locale OZ

Belgiyada terma jamoa bosh murabbiyligiga asosiy nomzod ma'lum bo‘ldi

Avvalroq Belgiya futbol assotsiatsiyasi amaldagi bosh murabbiy Rudi Garsiya bilan hamkorlikni davom ettirmasligini rasman e'lon qilgandi.
Belgiyada terma jamoa bosh murabbiyligiga asosiy nomzod ma'lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

Belgiya futbol assotsiatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodni aniqladi. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, ushbu lavozimga eng asosiy da'vogar sifatida niderlandiyalik mutaxassis Mark van Bommel ko‘rilmoqda.

Avvalroq Belgiya futbol assotsiatsiyasi amaldagi bosh murabbiy Rudi Garsiya bilan hamkorlikni davom ettirmasligini rasman e'lon qilgandi. Fransiyalik mutaxassisning shartnomasi 2026-yil 31-iyulda yakunlanadi va tomonlar uni uzaytirmaslikka kelishib oldi.

De Telegraaf nashri ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda Mark van Bommel Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga eng asosiy nomzod hisoblanmoqda. 48 yoshli mutaxassis so‘nggi bor Belgiyaning "Antverpen" klubini boshqargan va u bilan mamlakat chempionligi hamda Kubogini qo‘lga kiritgan.

Belgiya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida chorak finalgacha yetib borib, keyinchalik turnir g‘olibiga aylangan Ispaniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting