locale OZ

Belgiya tashqi ishlar vaziri: “Balogun bo‘yicha qaror tushunarsiz”

FIFA Folarin Balogunning avtomatik bir o‘yinlik diskvalifikatsiyasini bir yillik sinov muddatiga qoldirib, unga Belgiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga ruxsat bergan.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Belgiya tashqi ishlar vaziri: “Balogun bo‘yicha qaror tushunarsiz”
Foto: Getty Images

Belgiya tashqi ishlar vaziri Maksim Prevot FIFAning AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasini vaqtincha to‘xtatish haqidagi qarorini keskin tanqid qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, agar mazkur qaror Donald Trampning FIFA prezidenti Janni Infantino bilan telefon orqali muloqotidan keyin qabul qilingan bo‘lsa, bu futbol va sportning asosiy tamoyillariga zid holat hisoblanadi.

“Bu qaror mutlaqo tushunarsiz. Agar bunga telefon qo‘ng‘irog‘i sabab bo‘lgan bo‘lsa, bu futbol va sportning eng asosiy qoidalarining ochiqchasiga buzilishi bo‘ladi. Bunday vaziyatda FIFA qanday qilib halol o‘yin tamoyillarini himoya qilayotganini da’vo qila oladi?” — dedi Prevot.

Eslatib o‘tamiz, FIFA Folarin Balogunning avtomatik bir o‘yinlik diskvalifikatsiyasini bir yillik sinov muddatiga qoldirib, unga Belgiyaga qarshi JCh-2026 nimchorak final uchrashuvida maydonga tushishga ruxsat bergan. Ushbu qaror Belgiya futbol federatsiyasi va UEFA tomonidan ham keskin tanqid qilinmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting