Belgiya milliy jamoasi sobiq himoyachisi Glen De Buk 54 yoshida vafot etdi
Bunga insult sabab boʻldi.
FOTO: Getty Images
«Anderlext» va Belgiya milliy jamoasi sobiq himoyachisi Glen De Buk miyaga qon quyilishi (insult) oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. RMC Sport xabariga ko‘ra, u Antverpenda dushanba kechasi vafot etgan.
Sobiq futbolchining oilasi ma’lumotiga ko‘ra, u uyida bo‘lgan paytda kuchli miya qon ketishi yuz berdi. Natijada u chuqur komaga tushib, oʻziga kelmay vafot etdi.
Glen De Buk faoliyati davomida Belgiya milliy jamoasi safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Professional futbolchilik faoliyatini yakunlagach, u murabbiylik faoliyatini boshlagan va so‘nggi klub sifatida «Kortreyk»da ishlagan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist