Belgiya chempionati. O‘rinboev bir bo‘lim o‘ynagan bahsda «Antverpen» mag‘lub bo‘ldi
Muhammadali zaxiradan maydonga tushdi.
Фото: Royal Antverpen
O‘zbekiston U23 terma jamoasi sardori Muhammadali O‘rinboev harakat qilayotgan "Antverpen" Belgiya chempionati 7-turida "Gent"ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘zbekistonlik futbolchi ikkinchi bo‘lim boshida zaxiradan maydonga tushdi.
Bu natijadan so‘ng "Antverpen" 9 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinda. "Gent" 8 ochko bilan 8-pog‘onada.
Belgiya chempionati. 6-tur
Antverpen — Gent 1:2
Gollar: Bojinov (36) — Skuras (45+2), Samoys (47).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist