Bektemir Abdumannnov – «Dinamo» futbolchisi
2026 yilgi yangi futbol mavsumi oldidan Superliganing eng iqtidorli yarimhimoyachilaridan biri Bektemir Abdumannnov rasman “Dinamo” futbolchisiga aylanganini ma’lum qilamiz.
23 yoshli yarimhimoyachi jamoamizning Dubaydagi yig‘inida qatnashmoqda va kuni kecha “Dinamo” PFK bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Abdumannnov dastlab “Metallurg” va O‘zbekiston yoshlar jamoalari safidagi o‘yinlari bilan tanilgan bo‘lsa, so‘nggi uch mavsumni “Andijon” safida o‘tkazdi. Xususan, 2025 yilgi mavsumda andijonliklar bilan Superligada 11-o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, Superligadagi 30 o‘yinda 4 ta gol va 8 ta assist qayd etgan.
Ma’lumotnoma:
Bektemir Abdumannnov
Tug‘ilgan joyi: Baxmal tumani, Jizzax viloyati.
Tug‘ilgan sanasi: 12 iyul, 2002 yil
Ampluasi: hujumkor yarimhimoyachi.