Bekor qilingan gol epizodida Otamendi simulyatsiya qilganmi?
2026-yilgi Jahon chempionati finalidagi eng bahsli vaziyatlardan biri yuzasidan yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Ispaniyaning bekor qilingan goli oldidan argentinalik himoyachi Nikolas Otamendi raqib bilan to‘qnashuvni bo‘rttirib ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Takroriy lavhalar va ayrim hakamlik mutaxassislari fikricha, Mikel Merinoning oyog‘i Otamendiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmagan, biroq himoyachi vaziyatni og‘irlashtirib ko‘rsatgan.
Shu sababli, Nikо Uilyams kiritgan gol qoidabuzarlik sabab bekor qilingani futbol jamoatchiligi orasida katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ayrim ekspertlar VAR hakamlarini noto‘g‘ri qaror chiqargan deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, finalning asosiy vaqtida Ispaniyaning bir goli bekor qilingan bo‘lsa-da, jamoa qo‘shimcha bo‘limlarda Ferran Torresning goli evaziga Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, 2026-yilgi Jahon chempioniga aylangan edi.