locale OZ

Bekobodlik yosh futbolchilar Qirg‘izistonda o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etmoqda

Turnirda 2011–2012-yillarda tug‘ilgan futbolchilar ishtirok etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bekobodlik yosh futbolchilar Qirg‘izistonda o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etmoqda
Фото: Металлург ПФК

Qirg‘iziston Respublikasida 2011–2012-yillarda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida “barca Adademy Manas CUP 2025” xalqaro musobaqasi start oldi. Turnirda O‘zbekiston nomidan Bekobod shahrining “Metallurg” futbol jamoasi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etmoqda.

Jo‘shqin Atabekov hamda Bekzod Turdiqulov murabbiyligidagi jamoamiz dastlabki bosqichda muvaffaqiyatli natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Jumladan, birinchi turda “Kelechek” jamoasini 9:0 hisobida, ikkinchi turda esa “Afim” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Jamoamiz hujumchisi Arslan Atanazarov hozircha 6 ta gol bilan musobaqaning eng sermahsul futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi. Shuningdek, Muhammad Alanurov 3 ta, Davlat Turdimurodov va Komil Mirzamurodov esa bittadan gol muallifi bo‘lishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting