locale OZ

Bekoboddagi sport muassasalarining faoliyati oʻrganildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bekoboddagi sport muassasalarining faoliyati oʻrganildi
FOTO: Olympic.uz

Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati hududlardagi infratuzilmalarni oʻrganishda davom etadi. Bugun rasmiylar Toshkent viloyati Bekobod tumaniga tashrif buyurishdi.

Mutasaddilar Bekobod tuman sport maktabi, soʻng Markaziy futbol oʻyingohi, “Guliston” MFYda joylashgan suzish havzasi, suv sporti turlariga ixtisoslashgan sport maktabining eshkak eshish bazasida boʻlib, u yerda yoshlarga yaratilgan sharoitlarni oʻrganishdi.

Shuningdek, 39-son umumta’lim maktabida aholi murojaati asosida qurilgan “Universal sport maktabi”ning tantanali ochilish marosimida ishtirok etishdi. Qolaversa, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha “Dolzarb 90 kunlik” doirasida tashkil qilinayotgan sport musobaqalarini koʻzdan kechirishdi. Tashrif doirasida sport muassasalariga zamovaniy inventarlar ham topshirildi.

Rasmiylar har bir muassasaning faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, mutaxassislar malakasini oshirish borasida oʻz tavsiyalarini berishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting