Beka Harshiladze — «Sho‘rtan»ning yangi a’zosi
U jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Фото: Шўртан ПФК
Superligaga qaytishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan Sho‘rtan gruziyalik himoyachi Beka Harshiladze bilan tarkibini kuchaytirdi.
Faoliyatining asosiy qismini Gruziyada o‘tkazgan 25 yoshli futbolchining so‘nggi jamoasi Gruziyaning “Sioni Bolnisi” bo‘lgan. U jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
“Ishonchimiz komilki, Beka o‘z tajribasi va mahorati bilan jamoamiz oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda munosib hissa qo‘shadi”, — deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist