locale OZ

Beiranvand Belgiya — Eron bahsining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Beiranvand o‘yin davomida 7 ta seyv amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Beiranvand Belgiya — Eron bahsining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
21.06.2026, Yak.
Belgiya
0
Eron
0

Eron terma jamoasi darvozaboni Alirezo Beiranvand JCH–2026 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Belgiya (0:0)ga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

33 yoshli darvozabon ushbu bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Beiranvand o‘yin davomida 7 ta seyv amalga oshirib, jamoasining muhim ochko qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shdi.

U Eron milliy terma jamoasi safida 2015 yildan buyon to‘p tepmoqda. U avvalroq 2018 va 2022 yilgi jahon chempionatlarida ham ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya va Eron milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs golsiz durang bilan yakunlandi. Ushbu natijadan keyin har ikki jamoa hisobida 2 ochkodan mavjud.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting