Behruz O'ktamov - Surxon futbolchisi
Termizning Surxon jamoasi istiqbolli yosh futbolchilar seleksiyasini davom ettirmoqda.
photo: Surxon fk
Termizning Surxon jamoasi istiqbolli yosh futbolchilar seleksiyasini davom ettirmoqda.
«Surxon» va Paxtakor o‘rtasida iqtidorli futbolchi Behruz Uktamovning transferi amalga oshirildi. 19 yoshli futbolchi O‘zbekistonda o‘z yosh toifasidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri hisoblanadi. U «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, klubning turli yoshlar jamoalari safida o‘ynashga ulgurgan. O‘tgan mavsumda markaziy yarim himoyachi yoshlar o‘rtasidagi U21 chempionati g‘olibi bo‘lgan.
Futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolandi.
Klub nomidan Behruzni jamoa safiga xush kelibsiz deymiz va unga «Surxon» libosida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz",-deb yoziladi termizliklarning rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor