locale OZ

Behruz Karimov faoliyatini «Lugano» klubida davom ettiradi

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, Karimov Shveytsariyaga yo‘l oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Behruz Karimov faoliyatini «Lugano» klubida davom ettiradi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Surxon" klubi himoyachisi Behruz Karimov faoliyatini Shveytsariya Superligasi vakili "Lugano" klubida davom ettiradi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) xabar berdi.

18 yoshli futbolchi Toshkent shahrida yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Shundan so‘ng Karimov "Lugano" bilan shartnoma imzolagan.

Endilikda futbolchi Shveytsariyada faoliyat yuritishi uchun zarur vizani olishi kutilmoqda. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, Karimov Shveytsariyaga yo‘l oladi.

Behruz Karimov futbolchilik faoliyatini “Odil Junior” akademiyasida boshlagan. Yosh himoyachi 2026 yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting