locale OZ

Behruz Asqarov — OKMK FK futbolchisi

Futbolchi bilan bir yillik bitim imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Behruz Asqarov — OKMK FK futbolchisi
Фото: ОКМК

OKMK professional futbol klubi Osiyo chempioni bilan shartnoma imzoladi. Qishki transfer oynasi doirasida klubimiz O‘zbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalari a’zosi, 2023-yilgi U-20 Osiyo kubogi chempioni bo‘lgan 22 yoshli markaziy yarim himoyachi Behruz Asqarovni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Behruz Asqarov professional faoliyati davomida Toshkentning «Paxtakor» hamda Qozog‘istonning «Turon» klublari safida to‘p surib, turli chempionat va xalqaro musobaqalarda muhim tajriba to‘plagan. Shu kunga qadar futbolchi klub miqyosida 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Behruz Asqarov 2023-yilda o‘tkazilgan U-20 Osiyo kubogida terma jamoamiz tarkibida chempionlikni qo‘lga kiritgan. Yangi mavsumdan boshlab olmaliqliklar sharafini himoya qiladigan iste’dodli futbolchi Behruz Asqarov bilan OKMK FK o'rtasida bir yillik shartnoma imzolandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting