locale OZ

Behruz Abdullayev — «Guliston» futbolchisi

Yangi yilda yangi maqsadlarni ko‘zlayotgan «Guliston» jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Behruz Abdullayev — «Guliston» futbolchisi
photo: Guliston FK

Yangi yilda yangi maqsadlarni ko‘zlayotgan «Guliston» jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

«Guliston» PFK 2026 yilgi mavsum oldidan Behruz Abdullayev bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qiladi.

Iqtidorli hujumchi «Metallurg» yoshlari va «Olimpik-MobiUz»da o‘ynagan. Bekobod klubi safida 2023-yilda U-21 turnirida 22 ta gol urib, chempionat to‘purari bo‘lgan. O‘zbekiston U-21 jamoasi bilan 2024-yilda CAFA musobaqasida 3-o'rinni egallagan va 2 ta gol urgan.

Behruz Abdullayevning futbolchilik faoliyati:
Tug‘ilgan sanasi: 31.07.2005
Ampluasi: Hujumchi.
O‘ynagan jamoalari: «Metallurg» (2023-2024), «Olimpik-MobiUz» (2025).

Ishonamizki, Abdullayev «Guliston» jamoasida o‘zining yorqin o‘yinlari hamda gollari bilan barchaning ishonchini oqlaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting