locale OZ

\"Bayer\" yulduzi \"Liverpool\"ga o'tishga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bayer" yulduzi "Liverpool"ga o'tishga tayyor
Photo: Getty Images

"Bayer"ning o'ng qanot himoyachisi Jeremie Frimpong yozda "Liverpool"ga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder David Ornstein xabar berdi.

Niderlandiyalik futbolchini "qizillar" "Real"ga o'tishga qaror qilgan Trent Alexander-Arnold o'rniga nomzodlardan biri sifatida ko'rmoqda.

Qayd etilishicha, agar taklif tushsa, Frimpong faoliyatini "Liverpool"da davom ettirishdan mamnun bo'ladi.

24 yoshli futbolchining shartnomasida nisbatan past bo'lgan tovon puli 35 million yevroni tashkil etadi. Jeremie Frimpong joriy mavsum "Bayer" safida 47 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting