“Bayer” Xabi Alonso o'rniga nomzodlarni o'rganib chiqmoqda


Leverkuzenning “Bayer” klubi jamoa bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlarni qidirishda davom etmoqda. Amaldagi murabbiy Xabi Alonso faoliyatini “Real”da davom ettirishga yaqin turibdi.
“Bayer” rahbariyati uchun ustuvor vazifa hujumkor o'yin va to'p nazoratini ta'minlaydigan mutaxassis topish ekanligi aytilmoqda. Shuningdek, yangi murabbiy ingliz tilini bilishi kerak.
Kicker nashrining xabariga ko'ra, ushbu talablarga Xavi Ernandes va Erik ten Xag to'liq mos keladi.
“Barselona” bilan uch yil muddat birga ishlagan Xavi hozirda ishsiz yuribdi. Ten Xag esa “Manchester Yunayted”ni tark etganidan so'ng ta'tilda yuribdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Real Sosedad” bosh murabbiyi Imanol Alguasil “Bayer”ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi, biroq u ingliz tilini yetarli darajada bilmagani uchun uning nomzodi ilgari surilmayapti.

Boshqa sport turlari
Bugun da 15:37

Futbol
Bugun da 13:02

Boshqa sport turlari
Bugun da 12:28