«Bayer» Ten Hagni iste’foga chiqarishi mumkin
Фото: Getty Images
“Bayer” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Erik ten Hagni iste’foga chiqarishi mumkin, deya xabar beradi Bild nashri.
Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassisning kelajagi Germaniya chempionati 2-turidan o‘rin olgan “Verder”ga qarshi o‘yin natijasiga qarab hal qilinadi.
Agar Ten Hag iste’foga chiqadigan bo‘lsa, FIFA kunlarida bu amalga oshishi ehtimoli bor. Mavsumning qoniqarsiz starti sabab rahbariyat murabbiyga ishonch bildirmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 55 yoshli murabbiy bu yozda “Bayer”ga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Germaniya chempionati 1-turida leverkuzenliklar “Hoffenhaym”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist