locale OZ

«Bayer» Ten Hagni isteʼfoga chiqardi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bayer» Ten Hagni isteʼfoga chiqardi
Фото: Getty Images

"Bayer"ning niderlandiyalik bosh murabbiyi Erik ten Hag Bundesliganing 2-turidan oʻrin olgan "Werder" bilan bellashuvdan soʻng (3:3) ishdan ketdi.

55 yoshli mutaxassis "Bayer" boshqaruviga oʻtgan yozda — "Real" bosh murabbiyiga aylangan Xabi Alonso oʻrnini egallash uchun kelgan edi.

"Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi leverkuzenliklar bilan Bundesligada 2 oʻyin oʻtkazdi: "Hoffenheim"dan magʻlubiyat (1:2) va "Werder" bilan jangovar durang (3:3).

Klub rahbariyati "Bayer"ni Bundesliga top-klublari bilan raqobatlashishi kerak deb hisoblaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting