locale OZ

“Bayer” PSJ yulduzining akasini sotib olmoqchi

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bayer” PSJ yulduzining akasini sotib olmoqchi
Foto: Getty Images

Leverkuzenning “Bayer” klubi “Strasburg” himoyachisi Gela Dueni transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 23 yoshli futbolchining transfer qiymati bonuslar bilan birga 37,5 million yevroni tashkil etadi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Bayer” va “Strasburg” o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan. Gela Due ham Germaniya klubiga o‘tishga rozilik bildirgan va transferni yakunlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

Kot-d’Ivuar terma jamoasi himoyachisi 2024-yildan buyon “Strasburg” sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Gela Due PSJ yarim himoyachisi Dezire Duening akasi hisoblanadi. “Strasburg” uni 2024-yilda “Renn”dan 6 million yevroga sotib olgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting