locale OZ

«Bayer» Portugaliya yoshlar terma jamoasi hujumchisini sotib olishga yaqin

Hozirda tomonlar oʻrtasida muzokaralar davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bayer» Portugaliya yoshlar terma jamoasi hujumchisini sotib olishga yaqin
FOTO: Getty Images

Portugaliya yoshlar terma jamoasi hujumchisi Afonsu Moreyra Fransiyaning «Lion» klubidan Leverkuzenning «Bayer» jamoasiga oʻtishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Santi Auna xabar bermoqda.

Manbaning bergan maʼlumotiga koʻra, futbolchi Germaniya jamoasiga oʻtishga rozilik bildirgan. Hozirda klublar ushbu transferni faol muhokama qilishmoqda, «dorishunoslar» esa kelishuvni iyun oyi oxirigacha yakunlashga umid qilmoqda.

Moreyra Lissabonning «Sporting» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2025-yilning yozidan buyon «Olimpik Lion» safida toʻp surib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida futbolchi Fransiya jamoasi tarkibida barcha turnirlarda jami 37 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining transfer qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting